
Toshkentda velotrek bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
21-25 may kunlari poytaxtimizdagi velotrek majmuasida 2001-2002 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.
Mamlakat chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 10 jamoa tarkibida 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Bugun, musobaqaning birinchi kunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan uch aylana bo‘ylab jamoaviy sprint bahslarida Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilari Dmitriy Sirko, Umidjon Baxtiyorov va Timur Abduhakimov birinchi o‘rinni egallashdi. Ushbu bahslarda ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin ham RIOZMI vakillariga nasib etdi.
Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan ikki aylana bo‘ylab jamoaviy sprint bahslarida Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilari Yanina Kuskova va Madina Qahhorova juftligiga teng keladigani topilmadi. Keyingi o‘rinlarni esa farg‘onalik qizlar band etishdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Fikrlar