
Toshkentda konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha xalqaro musobaqalarga start berildi
Bugun Toshkentdagi "Universal Horses Stable" majmuasida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi, Jahon kubogi saralash bosqichlari, Osiyo kubogi hamda ot yo‘rttirish bo‘yicha CDI-1 FIE Dressage World Challenge turnirlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bayramona ruhda tashkil etilgan ochilish marosimida Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, mamlakat yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati hamda qator faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mutasaddilar mamlakatimizda ot sportining barcha yo‘nalishlari bosqichma-bosqich rivojlanayotgani, sportchilarimiz xalqaro arenalarda yuqori natijalarga erishayotganini alohida ta’kidladilar.
Ochilish marosimidan so‘ng bugungi bellashuvlarga start berildi. Turnirlar davomida sportchilar nafaqat sovrinli o‘rinlar, balki xalqaro reyting ochkolarini jamg‘arish uchun kurash olib boradilar.
Fikrlar