
Toshkent yana bir katta turnirga mezbonlik qiladi!
16-17 fevral kunlari Yunusobod sport majmuasi yana bir muxim turnirga mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston pankration-greppling va GAMMA assotsiatsiyasi tomonidan yilning ilk musobaqasi O‘zbekiston birlashgan chempionati tashkil etiladi. Ushbu chempionat pankration, greppling hamda havaskor MMA bo‘yicha o‘tkaziladi. Ahamiyatli jihati ushbu musobaqa Bahraynda bo‘lib o‘tadigan 4-Osiyo o‘yinlari hamda havaskor MMA (GAMMA) bo‘yicha Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘taydi.
Chempionat o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida tashkil etiladi.
Ushbu ajoyib turniri o‘tkazib yubormang!
Fikrlar