Toshkent jiu-jitsu bo‘yicha nufuzli turnirga mezbonlik qiladi!

BEPUL PROPAN

Ma’lumki, jahon sport olamida jiu-jitsu tobora o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Jumladan, Osiyo o‘yinlariga kiritilganligi ham bunga misol bo‘la oladi. Shuningdek, turli xil nufuzli musobaqlar ham muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda. Albatta, yurtimizda ham ushbu yakkakurash turi jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda va xalqaro turnirlarga mezbonlik ham ishonib topshirilyapti. 
Yaqindagina O‘zbekiston jiu-jitsu federatsiyasi tomonida AJP turniri yuqori darajada tashkil etilgan edi. Endi esa yana bir reytingi jihatidan yuqori o‘rinlarnida e’tirof etiluvchi Osiyo chempionati, AIGA ham Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirda 10 dan ortiq mamlakatlar va 1000 dan ortiq ishtirokchi g‘oliblik uchun bahs yuritishadi. 
Ushbu turnir 5-8 sentyabr kunlari "Universal" sport saroyida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!