
To‘rt taekvondochimiz Yaponiya Gran-prisida ishtirok etadi
Joriy yilning 13-15 sentyabr kunlari Yaponiyaning Chiba shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha jahon Gran-prisi bo‘lib o‘tadi.
Unda jahonning eng kuchli taekvondochilari 8ta vazn toifasida (4ta ayollar, 4ta erkaklar) kurash olib boradi. 2019 yil iyul oyida e’lon qilingan Olimpiada reytingi asosida har bir vazn toifasida eng yuqoridagi 31 nafardan taekvondochi turnirga taklif etildi.
O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini, Nikita Rafalovich, Ulug‘bek Rashitov, Nigora Tursunqulova hamda Svetlana Osipova himoya qiladi.
Fikrlar