
Torres murabbiylik faoliyatini boshladi
Taniqli sobiq futbolchi Fernando Torres "Atletiko"ning ikkinchi jamoasiga murabbiy bo‘ldi. Bu haqda "Marca" yozmoqda.
"Atletiko B" Segunda "B"ning 5-guruhida ishtirok etadi. Jamoa kecha "Poblense" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Torres o‘tgan yilning sentyabr oyida "Atletiko"ga qaytib, klubning 16 yoshgacha bo‘lgan jamoasida ish boshlagandi.
Eslatib o‘tamiz, Fernando Torres 2019 yil yozda futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar