To‘qnashuvlardagi bu raqamlar O‘zbekistonning qudratini ko‘rsatyapti!

  • 10 sentabr, 2024, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo qit’asida 18 mamlakat milliy terma jamoalari 2026 yili AQSh, Kanada va Meksika birgalikda mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatiga chiqish uchun kurashyapti.

Tecno

Saralash musobaqasining uchinchi bosiqichiga etib kelgan bu jamoalar oltitadan uchga bo‘lingan va har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqadi.

O‘z guruhida uchinchi va to‘rtinchi pog‘onada qayd etilgan terma jamoalar esa, saralash musobaqalarini davom ettirib, qolgan ikki yo‘llanma uchun kurashadi.

Qur’a O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun qulay keldi. Har holda biz bilan bir guruhdan joy olgan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Eron va Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari bilan o‘ynash tajribasiga egamiz. Ularning har birini kamida bir bor mag‘lub etganmiz ham.

Guruh doirasidagi birinchi turda Shimoliy Koreya vakillaridan 1:0 hisobida ustun kelgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ikkinchi tur uchrashuvida Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Bu o‘yin mezbonlik uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Chunki ushbu terma jamoa o‘z maydonida ilk marotaba saralash turnirining uchinchi bosqichidagi uchrashuvni qabul qiladi. Tarixiy o‘yinga tayyorgarlik ham shunga yarasha bo‘lmoqda.

Har ikki mamlakat milliy terma jamoalari tuzilganidan keyin hozirgacha Qirg‘iziston va O‘zbekiston futbolchilari o‘rtoqlik va rasmiy uchrashuvlarda jami o‘n marotaba o‘zaro to‘qnash kelgan. Bu bahslarda to‘liq ustunlik hamyurtlarimiz tomonida bo‘lgan. To‘plar nisbati ham bizning foydamizga – 40:5.

Birinchi o‘yin 1992 yili o‘rtoqlik uchrashuvi maqomida bo‘lgan. Toshkentdagi bahsda mezbonlar darvozasi javobsiz uch marotaba ishg‘ol qilingan.

Tomonlar Bishkekda ikki bor – 1992 va 2011 yillarda kuch sinashib, har ikki bellashuvda o‘zbeklarning qo‘li baland kelgan – 6:2, 3:0.

O‘zbekiston va Qirg‘io‘iston o‘rtasidagi barcha uchrashuvlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:

1992 yil:

Birinchi o‘rtoqlik uchrashuvi, Toshkent

O‘zbekiston - Qirg‘iziston — 3:0

Ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi, Bishkek

Qirg‘iziston - O‘zbekiston — 2:6

1994 yil:

O‘rtoqlik uchrashuvi, Toshkent

O‘zbekiston - Qirg‘iziston — 3:0

2007 yil:

“Alma TV” kubogi, Chimkent

O‘zbekiston - Qirg‘iziston — 6:0

2011 yil:

“Jahon chempionati-2014” saralashi

Birinchi uchrashuv, Toshkent

O‘zbekiston - Qirg‘iziston — 4:0

Ikkinchi uchrashuv, Bishkek

Qirg‘iziston - O‘zbekiston — 0:3

2017 yil:

O‘rtoqlik uchrashuvi, Toshkent

O‘zbekiston - Qirg‘iziston — 5:0

2019 yil:

O‘rtoqlik uchrashuvi, Toshkent

O‘zbekiston - Qirg‘iziston — 3:1

2022 yil:

“Navro‘z kubogi”, Toshkent

O‘zbekiston - Qirg‘iziston — 3:1

2023 yil:

O‘rtoqlik uchrashuvi, Birlashgan Arab Amirliklari

Qirg‘iziston - O‘zbekiston — 1:4

10 sentyabr kuni Bishkekda bo‘ladigan navbatdagi bahs rasmiy maqomga ega. Ekspertlar bo‘lajak uchrashuv keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tishini kutyapti. Muhim uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasiga muvaffaqiyat tilaymiz!

Shomurodov maydonga bir o‘zi tushsa, uni albatta to‘xtata olamiz, lekin...

Otabek Shukurovning ketishi foyda keltirdi!

Bosh murabbiy legionerimizni tanqid qildi!

Husanov atrofida katta o‘zgarishlar bo‘ldi!Shomurodov “DiSu”ga qarshi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Исмаилов Бахтияр
11/09/2024 06:53
Лекин танқид хам керак. Конкрет ва фойдали бўлса бўлжи. Масалан, фикримча, химоячилар қанақадир саросимага тушиб қолишади. Яна, хакамдан хавфсираймиз, ишонч йўқки, бекордан бекорга штраф бермаслилига. Ўйинчиларга жисмоний тайёргарликни бундан хам кучайтириш керак
Исмаилов Бахтияр
11/09/2024 06:49
Илтимос, ишқибозларнинг хам, ўйинчиларнинг хам иззт нафсига тегадиган гапларни ёзманглар! Кечаги ўйинда Ўзбекистон термаси бутунлай устун бўлди. Тўп думалоқ, майдон текис. Қирғизистон ўйинчиларида дахшатли мотивация бор эди. Таосдиф ва омад деган нарсалар хам борку. Ўтказиб юборган тўпдан кейин тезгина мувозанатни тиклай олишга КЛАСС дейилади.
Jasur Xolmatov
10/09/2024 20:53
SHARMANDA UZB AGAR EUROPAGA TUSHSANG ILMA TESHIK BO'LASAN HALI QIRG'IZGA 2TA O'TQAZDINGMI. SHARMANDA UZB
Jasur Xolmatov
10/09/2024 20:52
ILTIMOS SHARMANDA UZB CHIQMANGLAR JCH-GA ILTIMOS