To‘purarning bozori qaynayapti

  • 4 aprel, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati klub tarixidagi eng zo‘r to‘purar Serxio Agueroga yangi bitim taklif qilmadi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola ayni paytda argentinalik hujumchi o‘rniga ko‘p gol uradigan boshqa o‘yinchi izlayapti.

Tecno

Shunga qaramay, Serxio Agueroni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan grand klublar safi kengayib bormoqda. Endi PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ham o‘z hamyurtini Parijga chaqirtirmoqda.

 Ayni paytda PSJ mutasaddilari Agueroga ma’qul keladigan shaxsiy shartnoma ustida ish olib bormoqda. Hujjat tayyor bo‘lishi bilan 32 yoshli futbolchiga taqdim etiladi.

Mavsum yakunlanishi bilan “Manchester Siti”dan ketishini rasman ma’lum qilgan Agueroga “Barselona”, “Inter” va “Yuventus”dan ham jiddiy qiziqish bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!