
Top hujumchiga MYuga o‘tishni tavsiya qilishdi
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martino "Vulverxempton" hujumchisi Raul Ximenesga "Yuventus"ga emas, "Manchester Yunayted"ga o‘tishni tavsiya qildi.
"Mutaxassis sifatida MYuda Raul singari to‘p suradigan sof hujumchi ko‘rmayapman. Xa, ularda Reshford, Marsyal va Grinvud bor, biroq Lukaku ketganidan so‘ng MYuda hamon uning o‘rnini bosadigan top forvard yo‘q.
"Yuventus"da esa vaziyat boshqacha, chunki u erda Ronaldu bor. U bilan tandem hosil qilish uchun Ximenes Iguain va Dibala bilan kurash olib borishi kerak", - deydi murabbiy.
Fikrlar