
Top-5 chempionatlarida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar reytingi e’lon qilindi
Frantsiyaning L’Équipe nashri kuchli beshlik chempionatlarida to‘p surayotgan eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra ushbu reytingda “Barselona” forvardi Lionel Messi peshqadamlik qilmoqda. Argentinalik yulduz oyiga 8,3 million evro maosh oladi.
Kuchli uchlikdan esa “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (4,5 mln) va PSJ hujumchisi Neymar (3 mln) joy olgan.
- Lionel Messi («Barselona») – 8,3 mln evro
- Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 4,5
- Neymar («PSJ») – 3,0
- Antuan Grizmann («Barselona») – 2,9
- Luis Suares («Barselona») – 2,9
- Garet Beyl («Real») – 2,5
- Eden Azar («Real») – 2,5
- Kilian Mbappe («PSJ») – 1,8
Fikrlar