Toni Kroos Germaniyaga qaytishi mumkin

  • 26 noyabr, 2022, 20:02
  • Odilbek Fayzullayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toni Kroos “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. 32 yoshli futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Tecno

Evropaning bir qancha klublari Tonini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda. Ular qatorida “Bavariya” ham bor. Klub yarim himoyachini orqaga qaytarishni istaydi. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar bermoqda.

Kroos 2014 yilda aynan nemis klubidan Ispaniyaga kelgandi. U “qaymoqranglilar” tarkibida 8 yildan beri faoliyatini davom etirrib kelmoqda.

Yarim himoyachi ushbu mavsum barcha chempioantlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!