
Tokio-2020: Sherzod Namozov bronza medalini qo‘ldan chiqardi
Hozirgina Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sherzod Namozov ishtirokidagi bronza medali uchun kechgan bahs o‘z yakuniga etdi.
Tajribali sportchimizga ruminiyalik Aleks Bologa raqiblik qildi. Murosasiz kechgan bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi. “Oltin ochko” uchun kechgan qo‘shimcha bo‘limlarda ham tomonlar bironta samarali usul qo‘llay olishmadi. Yakunda hakam tatamida sust harakat qilgani uchun hamyurtimizni “shido” bahosi bilan jazoladi va bu ruminiyalik sportchiga bronza medalini taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, yana birozdan so‘ng erkaklar o‘rtasida -66 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Uchqun Quronboev final bahsida tatamiga chiqadi. U oltin medal yo‘lida ispaniyalik Serxio Ibanezga qarshi kurashadi.
Fikrlar