Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Azizbekka avtomobil sovg‘a qilindi

  • 21 fevral, 2020, 09:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Farg‘ona viloyati Furqat tumani “Ko‘k do‘ppi” qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan Azizbek Abdulhabibov Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan NEXIA-3 rusumli avtomashina bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda sportchi, uning oila a’zolari va yaqinlari hamda viloyat sport jamoatchiligi ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Azizbek Abdulhabibov ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun hukumatimizga minnatdorlik izhor qildi va Paralimpiya o‘yinlarining parakanoe yo‘nalishida vatanimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarish uchun astoydil harakat qilishini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Asqar Xan
21/02/2020 09:34
Tabrik VA muborak bolsin omad