
Tokio-2020. 4 nafar para dzyudochilarimiz yarim finalga chiqdi
Bundan biroz avval para dzyudo bahslarida sportchilarimiz o‘z ishtirokini boshladi.
E’tiborlisi, erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruz Sayidov litvalik Osvaldes Bareikisni dastlabki soniyalardayoq ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu bosqichda hamyurtimiz rossiyalik Vasiliy Kutuevga qarshi tatamiga chiqadi.
Erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Dovurxon Karomatov chorak finalda kubalik Gerrardo Rodrigesni dastlabki soniyalardayoq ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu bosqichda hamyurtimiz meksikalik Adrian Sanchesga qarshi tatamiga chiqadi.
Ayollar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nafisa Sheripboeva chorak finalda rossiyalik Olga Rozdneyshevani ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. U endi yarim finalda ukrainalik Irina Xusievaga qarshi tatamiga chiqadi.
Ayollar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida hamyurtimiz Parvina Samandarova chorak finalda yaponiyalik Junko Xiroseni ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. U yarim finalda braziliyalik Lusiya Arauxoga qarshi tatamiga chiqadi.
Fikrlar