Tojikistonning BAAga qarshi o‘yinida Superligamizdagi legionerlaridan kimlar maydonga tushdi?
Yon qo‘shnimiz – Tojikiston milliy terma jamoasi kecha Abu-Dabida BAA milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Ushbu o‘yinda darvozalar daxlsiz qoldi – 0:0. Tojikiston terma jamoasi safida Superligamizda to‘p surayotgan legionerlardan bir nechtasi maydonga tushirildi. Jumladan, Zoir Jo‘raboev (“Neftchi”), Manuchexr Safarov (“Lokomotiv”) va Muhammadjon Rahimov (“Nasaf”) o‘yinni asosiy tarkibda boshladilar.
Tojikiston: Rustam Yatimov, Siyovush Asrorov, Zoir Jo‘raboev, Tabrez Islomov, Manuchexr Safarov, Amirbek Jo‘raboev, Komron Tursunov (Shervoni Mabatshoev, 74), Muhammadjon Rahimov (Alijoni Ayni, 79), Exsoni Panshanbe, Alisher Jalilov (Parvizjon Umarboev, 74), Manuchexr Jalilov (Shaxrom Samiev, 79).
Tojikiston navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 28 mart kuni Quvayt termasiga qarshi o‘tkazadi.



Fikrlar