
Tojikiston terma jamoasiga Superligamizdagi legionerlardan kimlar chaqirildi?
FIFA kunlari munosabati bilan terma jamoalar rasmiy va norasmiy o‘yinlar uchun tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Jumladan, Tojikiston terma jamoasi 20 mart kuni Dushanbeda Belarus termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 25 mart kuni esa “Osiyo Kubogi-2027” saralash raundi doirasida Sharqiy Timor terma jamoasini qabul qiladi.
Bosh murabbiy Gela Shekiladze bo‘lajak o‘yinlar uchun chaqirgan o‘yinchilar orasida O‘zbekiston Superligasida to‘p surayotgan legionelari ham bor. Jumladan, “So‘g‘diyona”dan Zoir Jo‘raboev va Exsoni Panshanbe, “Dinamo”dan Manuchexr Safarov, “Xorazm” klubidan Shaxrom Samiev va “Sho‘rtan”dan Daler Sharipov taklif qilindi.
Fikrlar