Tojikiston terma jamoasi sardori: "Jamoamizda muhit super, O‘zbekiston termasi haqidagi yangiliklarni o‘qib boryapman"

  • 5 yanvar, 2024, 22:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yana bir necha kundan so‘ng Qatar yashil maydonlarida Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanadi. Albatta, birinchi navbatda milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz hamda biz uchun eng muhimi sanaladi.

Tecno

Shu bilan birga u erda bizga begona bo‘lmagan yon qo‘shnilarimiz – Qirg‘iziston bilan Tojikiston termalari ham musobaqada ishtirok etadilar. Ushbu terma jamoalar tarkibida muxlislarimizga yaxshi tanish futbolchilar to‘p surishyapti.

Jumladan, Tojikiston milliy terma jamoasi sardori va etakchisi Axtam Nazarov o‘tgan mavsumning birinchi yarmida “Andijon” sharafini himoya qilgan va keyin “Istiqlol”ga qaytdi.

Sports.uz jurnalisti Dubayda shug‘ullanayotgan Tojikiston terma jamoasining ushbu o‘yinchisi bilan suhbatlashdi.

- Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanishiga oz fursat qoldi. Tojikiston terma jamoasi ushbu turnirda debyutini o‘tkazadi. Tayyorgarlik qanday olib borilmoqda? Musobaqa boshlanishiga yaqin hayajon sezilyaptimi?

- Assalomu alaykum, futbolning qadrli muxlislari! Osiyo Kubogiga yaxshi kayfiyat bilan astoydil tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Hech qanday hayajon yo‘q, hammasi, jumladan muhit super.

axtam2

- Tojikiston guruhda Qatar, Livan va Xitoy bilan bahs olib boradi. Nima deb o‘ylaysiz, favorit mezbon – Qatarmi?

- Bizning guruhda hamma jamoa yaxshi va o‘ylaymanki, turnir mezboni guruhimiz favoritidir. Boz ustiga Qatar 2019 yili Osiyo Kubogini qo‘lga kiritgan.

- O‘zbekiston milliy terma jamoamizni ham kuzatyapsizmi? Osiyo Kubogidagi imkoniyatini qanday baholaysiz?

- O‘zbekiston terma jamoasini sinchkovlik bilan kuzatayotganim yo‘q. Lekin yangiliklarni o‘qib boryapman va tayyorgarlik ko‘rish ishlari qanday ketayotganidan boxabarman.

axtam

- Shuningdek, sobiq klubingiz – “Andijon”ga ham befarq emassiz. Jamoa chempionatni 7-o‘rinda tugatdi va bu borada nima degan bo‘lardingiz?

- Ha, “Andijon” klubini kuzatib kelaman va 7-o‘rinni egallab mavsumni tugatganidan xursand bo‘ldim, barakalla!  Jamoa o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajardi, deb o‘ylayman.

- Sizningcha, Tojikiston Osiyo Kubogining sirli jamoasimi?

- Tojikiston terma jamoasi Osiyo Kubogida ilk bor ishtirok etadi va bizning muxlislarga qanday jamoa ekanligimizni baholash osonroq. Nimani kutyapman: eng muhimi turnirga tayyor holda etib borish va tomoshabop futbol ko‘rsatishdir!

axtam3

- Ilk uchrashuvni Xitoyga qarshi o‘tkazasizlar. Bahs oldidan nimalarni o‘ylayapsiz?

- To‘g‘risi, hozir xayolimizni bo‘lajak musobaqa bilan bog‘liq masalalar bilan band etmay, asosiy urg‘uni tayyorgarlikka qaratganmiz. Albatta, bizga oson bo‘ladi, deb o‘ylayotganimiz ham yo‘q. Muhimi, terma jamoamiz Osiyo chempionatiga deyarli tayyor va u erda nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!