Tojikiston MTJ bosh murabbiyi: Ehsoni Panshanbe bizga katta yordam beradi!

  • 24 mart, 2022, 12:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navruz Cup" xalqaro turniri oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda birinchi bo‘lib Tojikiston MTJ bosh murabbiyi Segrt Petar ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Avvalambor, hammani kirib kelgan Navro‘z bilan tabriklayman. Ushbu turnir tashkilotchilari - O‘zbekiston FAga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Tashkilotchilik a’lo darajada!

Bilasizmi, bu kabi turnirlar ko‘plab jamoalar uchun katta musobaqalar oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tib eradi. Men jamoamiz bilan bu musobaqada ishtirok etayotganimdan xursandman. 

Birinchi o‘yindayoq biz noqulay va notanish raqibga qarshi maydonga tushishimizga to‘g‘ri keladi. Raqib FIFA reytingida bizdan ancha yuqorida ekani ham bor gap. Biroq o‘z kuchimizga ishonamiz, tarkibimiz yaxshi darajada va o‘ylaymanki, natija ko‘rsata olamiz. Asosiysi, o‘yin uslubimizni yaxshiroq shakllantirib, yosh futbolchilarga o‘yin falsafamizni tushuntirish. 

Shubhasiz, oldimizdagi bahslarda Ehsoni Panshanbening O‘zbek diyorida o‘ynayotgani qo‘l keladi. U tarkibimizda o‘z o‘rniga ega. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, Tojikiston MTJ boshqaruvidagi ikkinchi mashg‘ulotimni o‘tkazdim. Hali jamoaga to‘liq moslashib keta olganim yo‘q. Ayni paytda futbolchilarni kuzatayapman. 

Ugandaga qarshi maydonga tushishimizdan xursandman, ularni hurmat qilamiz. Biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini ko‘rsatishga harakat qilamiz. Albatta, har bir jamoa maydonga doim g‘alabani ko‘zlab tushadi. 

O‘zbekiston chempionatida bir necha futbolchimiz harakat qilib kelmoqda. Biroq tarkibdagi boshqa futbolchilarni ham hurmat qilishimiz kerak. Shaxsan men uchun futbolchining qaysi chempionatda o‘ynashi katta narsani hal etmaydi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!