Tojikiston chempionatida jami necha nafar legioner to‘p surmoqda?

  • 11 aprel, 2020, 23:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus tufayli dunyo deyarli futbolsiz qolgan bir vaziyatda Tojikistonda chempionat o‘yinlari o‘tkazilayotgani sababli o‘z-o‘zidan bizda ham ko‘pchilikning e’tibori qo‘shni yurtdagi futbol bahslariga qaratilgan bo‘lsa ajab emas.

Tecno

Yaqinda xabar berganimizdek, Tojikiston chempionatidagi eng ko‘p legioner O‘zbekistondan ekanligi ma’lum bo‘lgandi. Gap shundaki, u erda 20 nafar hamyurtimiz faoliyat olib bormoqda. Xo‘sh, Tojikiston chempionatida 20 nafar o‘zbekistonlik futbolchilardan tashqari yana qancha legioner to‘p surmoqda?

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik o‘yinchilardan tashqari u erda Ganadan kelgan 10 nafar legionerlar ham bor. Shuningdek, Ukrainadan taklif qilingan 4 nafar o‘yinchilar asosan Tojikistonning etakchi jamoalarida to‘p surmoqdalar.

Bundan tashqari, Kamerun hamda Erondan ikkitadan futbolchilar borligini ham ta’kidlashimiz joiz. Rossiya, Serbiya, Turkmaniston hamda Qirg‘izistondan esa bittadan legionerlar bor. Umumiy hisobda esa Tojikiston chempionatida 42 nafar xorijlik o‘yinchilar faoliyat olib bormoqdalar.

Ularning orasida muxlislarimiz uchun begona bo‘lmagan legioner ham yo‘q emas. Oldin xabar berganimizdek, o‘tgan yili “Qo‘qon-1912”da to‘p surgan serbiyalik himoyachi Marko Milich endilikda Tojikiston etakchisi va chempioni “Istiqlol”da o‘ynamoqda. Aynan u qo‘shni chempionatda o‘ynayotgan yagona serbiyalik futbolchi bo‘lib turibdi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!