Timur Kapadze va Hojimat Erkinov O‘mon bilan durangni nima bilan izohladi?

  • 30 avgust, 22:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Safa Nations Cup-2025 turniridagi ilk uchrashuvni O‘monga qarshi o‘tkazib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Ushbu bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Timur Kapadze o‘yin haqida gapirdi: 

Tecno

"O‘yin albatta qiyin bo‘ldi. Dastlabki daqiqalarda gol o‘tkazdik. Biz gol urishni maqsad qilgan edik. Ko‘proq gol urish imkoniyatlar yaratishga qiynaldik. Ko‘rdingiz O‘monda yangi murabbiy bor. Maydonda jamoamizda juda ko‘p kamchiliklar bo‘ldi". 

Hojimat Erkinov: "O‘yin kutganimizdan juda qiyin bo‘ldi. Biroq, keyingi uchrashuvda albatta g‘alaba qozonishga harakat qilamiz". 

O‘yin davomida ikki qanotdan ichkariga paslar ko‘p bo‘ldi. Uzoq masofadan zarbalar berilmadi. Buni qanday izohlaysiz?

"O‘mon juda zich himoyalandi. Shu bois, markazda imkoniyat kam edi. Bundan tashqari, ikki qanotda ochiq zonalar bor edi". 

Ko‘rdik, O‘mon himoyachilari juda baquvvat edi. Baland futbolchilarga qarshi qanday echim bor? 

"Nazarimda, balandroq futbolchilar kerak. raqib jamoa 10 kun avval yig‘inga kirishdi va futbolchilari ham yangi murabbiyga o‘zini ko‘rsatmoqchi. Bu esa bizga qiyinchilik tug‘ildi. Bizda esa 2 ta mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Birinchi mashg‘ulot tiklanish jarayoniga qaratilgan edi. Shu bilan birga, yangi murabbiyi kelishi haqida mish-mishlar ko‘paydi va barchaning e’tibori shunga ham ketib qoldi. Shu bilan birga, O‘mon bergan vaziyatdan foydalandik. Endi esa keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. 

Jahon chempionatida ilk o‘yinni qaerda o‘tkazishilar noma’lum. Dastlabki to‘qnashuvda tushib, madhiya ostida harakat qilishni o‘ylab ko‘rdingizmi? 

Hojimat Erkinov: "Hali o‘ylab ko‘rmadim. Lekin oldimizda juda ko‘p o‘yinlar bor. O‘sha vaqtga yaqinlashgan sari biz bu haqida o‘ylashni boshlaymiz". 

Maydon holati haqida fikringiz qanday? 

Hojimat Erkinov: "O‘yin davomida deyarli muammo bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda yanada yaxshi harakat qildim". 

Bugungi o‘yin davomida futbolchilarning intizomi haqida fikringiz qanday? 

"Jismoniy tarafdan ham yaxshi edik. Motivatsiya tomondan ham yomon emas edik. Shu bilan birga, biz ikki kun mashg‘ulotda ko‘plab futbolchilarning kelishini kutdik va deyarli tak tik tomonlama tayyorgarlik ko‘rishga vaqt etarli bo‘lmadi. 

Biz O‘monning oldingi murabbiyining o‘yinini tomosha qilgan edik. Lekin Karlos Keyrush boshqacha yo‘l tutib, jamoani boshqardi", - - deya javob berib o‘tdi terma jamoamiz ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!