
"The Best-2021": "Fair Play" nominatsiyasi g‘olibi ma’lum
Ayni vaqtda FIFA tomonidan beriladigan "The Best" sovrini g‘oliblari aniqlanmoqda.
Unga ko‘ra, Daniya terma jamoasi futbolchilari, murabbiylar shtabi va shifokorlari "Fair Play" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Evro-2020 doirasida bo‘lib o‘tgan Finlyandiyaga qarshi uchrashuvda Eriksenning yuragi to‘xtab qolgan. Aynan shu noxush epizodda yuqorida e’tirof etilganlar jonbozlik ko‘rsatgan.
Fikrlar