Tezkor xabar! Niderlandiya bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

  • 29 iyun, 2021, 19:42
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi Evropa chempionati nimchorak final bosqichida o‘z yurishini to‘xtatganidan xabaringiz bor. Chexiyadan 0:2 hisobida uchralgan mag‘lubiyat niderlandiyaliklarga qattiq ta’sir qildi.

Tecno

Jamoa matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Frank De Bur iste’foga chiqarilgan. Bu haqda Niderlandiyaning "Tvitter"dagi rasmiy sahifasi xabar tarqatdi.

"Frank De Bur Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etildi. Barcha sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz, De Bur",-deya yozib qoldirildi rasmiy sahifada.

51 yoshli mutaxassis "uchar gollandlar" postida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta g‘alaba, 4 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. Hozircha, uning o‘rniga jamoani kim boshqarishi aniq emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
PROSTO TELE
29/06/2021 21:00
Ана тез чакириш керак Узбекистонга.