Tezkor xabar! Masharipov terma jamoaning navbatdagi yig‘inida ishtirok etmaydi!

  • 28 sentabr, 2021, 18:00
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaxshi bilasiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyab oyidagi FIFA kunlarida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 

Tecno

Iordaniyada bo‘lib o‘tadigan mazkur yig‘in davomida Srechko Katanets shogirdlari 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabrda esa Iordaniya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Saudiya Arabistoni chempionatida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov mazkur o‘yinlarda ishtirok etmaydi. 

"Al-Nassr" klubi etakchi futbolchisini ehtimoliy jarohatdan saqlamoqchi. Riyodliklar OChL chorak finalidan o‘rin olgan "Al-Vahda"ga qarshi bahsda legionerimizga tayanishni reja qilgan. Bu borada jamoa rasmiylari O‘FAga murojaat qilgan va bu haqda tez orada rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Voqealar rivojini SPORTS.uz da kuzating!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
28/09/2021 20:31
Бу араблар ўз манфаати йўлида ҳеч нарсадан таб тортишмайди. Жалолиддинни сиқиб сувини чиқаради энди. Жалолга Омад.