Tezkor: Saudiya Arabistoni mashhur murabbiyni igshdan haydaydigan bo‘ldi!

  • 20 oktabr, 2024, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mutaxassis Roberto Manchini bir necha soat ichida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etiladi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport gazetasining yozishicha, evropalik murabbiyning iste’fosi bu haqidagi qarorni mamlakat qiroli tasdiqlaganidan keyin rasman e’lon qilinadi.

Manbaga ko‘ra, Manchinining ishdan ketishiga natijalarning pasayib ketgani va bosh murabbiyning jamoa vakillari bilan munosabati buzilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

59 yoshli mutaxassis Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2023 yilning yozidan beri boshqarib kelayotgan edi.

O‘z vaqtida Osiyo qit’asining eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan saudiyaliklar Manchini qo‘l ostida oxirgi beshta uchrashuvda faqat bir marotaba g‘alaba qozongan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!