Tezkor! Laporta Messiga rad etib bo‘lmas taklif yubordi

  • 21 noyabr, 2024, 18:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi "Barselona"ning 125 yilligiga tashrif buyuradi. Bu haqda "Goal" nashri Kataloniya radiosiga tayanib xabar berdi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta 29 noyabr kuni Liseo teatrida bo‘lib o‘tadigan gala-kechaga Messiga taklifnoma yuborgan. Messi 2021 yilda klubni tark etganidan keyin klub bilan keskin munosabatlarga qaramay, tadbirga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Shuningdek, "Barselona" yubileyini nishonlashga Xavi, Andres Inesta, Xosep Gvardiola va klubning boshqa afsonalari taklif qilindi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!