Tezkor: Fayzullaevdan xushxabar!

  • 20 avgust, 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi uch hafta oldin TsSKAni tark etib, faoliyatini Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga ko‘chib o‘tishi e’lon qilindi.

Tecno

Bir necha manbalar Superliga klubi 21 yoshli legioner uchun “armiyachilarga” bir to‘lov asosida 7,5 million evro miqdorida badal puli to‘lashi va keyinchalik futbolchining natijalariga ko‘ra, yana 2,5 million evro bonus ajratilishi haqida ma’lumot tarqatgandi.

“Istanbul Bashakshehir” Fayzullaevgacha milliy terma jamoamiz sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritgani tufayli o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bu klubga alohida qiziqish bilan qaray boshladi.

Garchi Abbosbek Fayzullaev Turkiyaga ko‘chib borib, yangi jamoasi mashg‘ulotlarida qatnashayotganiga  ancha bo‘lganiga qaramay, legionerimiz rasmiy uchrashuvlar qaydnomasiga kiritilmadi.

Keyinroq “Bashakshehir” bosh murabbiyi Chag‘dash Atan Fayzullaev mashg‘ulotlarda salohiyatini naqadar yuqori ekanini ko‘rsatayotgani, biroq TsSKAdan transfer sertifikati kelmagani bois, o‘yinchi xizmatidan foydalana olmayotgani, bunga siyosiy vaziyat tufayli Rossiyaga qo‘yilgan sanktsiyalar pul o‘tkazishga to‘sqinlik qilayotganini ochiqladi.

O‘z navbatida, TsSKA rasmiy vakillari ham klublar Fayzullaev transferi doirasida doimiy aloqada ekani va tez orada yangilik bo‘lishini ta’kidladi.

Vanihoyat, shu xushxabar tarqatildi. “Bashakshehir” o‘zbek futbolchisi uchun ajratgan badal summasi Moskva klubi hisob-raqamiga kelib tushdi. Bu haqida  TsSKAning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo ma’lum qildi.

- Abbosbek Fayzullaev transferi uchun mo‘ljallangan pullar xuddi shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda  klubimiz hisobiga kelib tushdi.   Biz tomonimizdan esa, o‘yinchining transfer sertifikati zudlik bilan jo‘natildi. Ana endi bu savdoni to‘liq amalga oshdi, desak bo‘ladi.

Bu transfer kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelishi, klublarning bir biriga yordam berishga intilishini inobatga olgan holda o‘zgacha savdo bo‘ldi, deyish  mumkin.

“Istanbul Bashakshehir”, shuningdek, Fayzullaevning qulay shartlar asosida TsSKAga kelishi, hozir esa, Turkiya klubiga o‘tishida vujudga kelgan masalani hal qilishga maksimal darajada harakat qilgan va professionalligini namoyish qilgan German Tkachenkoga minnatdorlik bildiramiz.

Bu transfer har bir tomon uchun manfaatli , deb baholanishi kerak. Abbosga esa, muvaffaqiyatlar tilaymiz!, - dedi Kirill Breydo.

“Istanbul Bashakshehir” yangi mavsumda shu kunga qadar UEFA Konferentsiyalar ligasida to‘rtta va Superligada bitta o‘yin o‘tkazdi. Eldor Shomurodov shu o‘yinlarning barchasida qatnashgan bo‘lsa,  Abbosbek Fayzullaev qaydnomaga kiritilmagan edi.

Endi transfer to‘liq rasmiylashtirildi. Abbosbek Fayzullaev yangi jamoasi uchun debyut uchrashuvini 21 avgust kuni o‘tkazishi mumkin. Shu sanada “Istanbul Bashakshehir” Konferentsiyalar ligasi pley-off bosqichida Ruminiyaning “Universitatya Krayova” jamoasiga qarshi birinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Dastlabki bahs Istanbulda, javob o‘yini 28 avgustda raqib maydonida tashkil etiladi.

Mashhur legionerimizni o‘zi chempion bo‘lgan jamoaga qaytarishyapti

Husanov, xotirjam bo‘l, sheriging ketmaydi!

Husanovchi? Gvardiola birinchi o‘yindan keyin kim ketib, kim qolishini aytdi

Husanov “boyvachchalar” qatoriga qo‘shildi

Husanov Gvardiolaning o‘zi haqidagi gapi to‘g‘ri ekanini isbotladi

Husanov o‘ynagan uchrashuvda Gvardiola nimalar yoqmaganini aytdi!

Husanov bo‘yicha Gvardiola yangi reja tuzib qo‘ydi

Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!