
Tezkor! Brozovichning "An-Nasr"ga transferi barbod bo‘lishi mumkin
Xorvatiyalik futbolchi Martselo Brozovichning "An-Nasr"ga transferi barbod bo‘lishi mumkin.
Insayder Janluka Di Martsioning xabar berishicha, saudiyaliklar so‘nggi daqiqalarda futbolchi uchun taklif qilingan summani 23 million evrodan 15 mln evroga qisqartirgan. "Inter" rad javobini berdi, shu sababli muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.
Avvalroq, Riyod klubi futbolchi uchun 3 yilga 100 million evro maosh berishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar