
Terma jamoamiz mashg‘ulotlarni boshladi. Doston Tursunov ham yig‘inda ishtirok etmoqda (foto)
Milliy terma jamoa futbolchilari Dubaydagi yig‘inga jo‘nab ketishdan oldin Olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika fan va sport tibbiyoti markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy-jismoniy tekshiruvlar asosida dastur ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Dubaydagi yig‘inda har bir futbolchi individual mashg‘ulot yuklamalari orqali tayyorgarlik olib bormoqda. Mutaxassislar futbolchilarning mashqlar va tiklanish jarayonini kuzatib borayapti.
Shuningdek, mazkur yig‘inda yaqinda jarohatidan forig‘ bo‘lgan Doston Tursunov ham ishtirok etmoqda. U jarrohlik amaliyotidan keyingi tiklanish mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.
Quyida "oq bo‘rilar"ning bugungi mashg‘ulotidan olingan suratlarni tomosha qiling.













Fikrlar