Terma jamoa o‘yinchisi Evropadan O‘zbekistonga keladi

  • 8 iyul, 2024, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik jurnalist Aleksandr Troitskiy o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali Qozog‘iston yoshler terma jamoasi yarim himoyachisi Abinur Nurimbetning rejalari haqida so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, iste’dodli futbolchi Belarusning “Gomel” jamoasidan “Andijon”ga o‘tish harakatida ekan.

- Abinurning Qozog‘istonga qaytishi rejada yo‘q. “Andijon”ga borish ehtimoli katta.

Abinurning “Andijon” bilan aloqasi bor. U erda Rustam Turimurodov juda yaxshi o‘ynayapti. Bu futbolchi Abinur bilan “Energetik-BGU”da birga to‘p tepgan.

Umuman olganda, andijonliklar yosh tarkibni shakllantirishga e’tibor qaratmoqda. Mavsum boshida jamoaga TsSKAdan Luka Zgurskiy va Maksim Sarraf, “Sherif” va “Isloch” klublarining sobiq hujumchisi Shahrom Samiev qo‘shildi.

Aleksandr Xomyakov qo‘l ostida mahalliy yoshlardan Bektemir Abdumannonov, Islombek Mamatkazin, Sherzod Esonov kabi futbolchilar o‘sishga erishmoda.

Qizig‘i shundaki, qozog‘istonlik o‘yinchilarning O‘zbekiston chempionatining kelishi juda kam uchraydigan holat. Oxirgi 15 yilda (Transfermarkt portaliga kiritilgan mavsumlarda) Qozog‘istonning atigi ikki vakili o‘zbek klublarida o‘ynagan. Vladislav Vasilev “Andijon” hamda Kirill Pasichnik “Buxoro” sharafini himoya qilgan.

Ko‘pchilik bu ro‘yxatga O‘zbekistondan etishib chiqqaniga qaramay, Qayrat O‘taboevni ham qo‘shadi, - deb yozmoqda Aleksandr Troitskiy.

19 yoshli Abinur Nurimbet Qozog‘istonning “Taraz” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z yurtida “Ulitau” jamoasida ham to‘p tepgan. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan hujumkor futbolchi 2023 yili Belarus chempionati vakili “Energetik-BGU” jamoasi safiga qo‘shildi.

2024 yilning  martida Abinur Belarus oliy ligasida ishtirok etayotgan “Gomel” jamoasiga erkin agent maqomida o‘tdi. Biroq bir necha kun avval klub yosh o‘yinchi bilan xayrlashadigan bo‘ldi.

Nurimbet Belarus chempionatida jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va beshta assist muallifi bo‘lgan.

PSJ futbolchisi Fayzullaevni 2-o‘ringa qo‘ydi

 

Braziliyalik futbolchi Fayzullaevning imkoniyatlariga baho berdi!

 

Fayzullaevni superklubga tavsiya qilishdi

 

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

 

TsSKA Fayzullaevning ketishiga ruxsat beradimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!