Ter Shtegen "Barselona" sardorligidan mahrum etildi

  • 7 avgust, 01:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" rahbariyati klub posboni Mark-Andre ter Shtegenni sardorlikdan ozod qilishga qaror qildi. Bu haqda "3Cat" nashri xabar tarqatdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik yaqin kunlarda jamoaga yangi sardor tayinlashi kerak bo‘ladi.

Tecno

Bunday qaror nemis darvozabonining jarohatiga oid tibbiy xulosani imzolashdan bosh tortgani ortidan qabul qilindi. Mazkur xulosa La Liganing maxsus komissiyasiga taqdim etilishi zarur edi.

Marc-Andre ter Stegen plays during the match between FC Barcelona and Villarreal CF, corresponding to week 37 of LaLiga EA Sports, at the Olympic...

Klub bu holat yuzasidan Ter Shtegenga nisbatan intizomiy ish ochishga qaror qilgan. Rahbariyat fikricha, bu kabi nizoli vaziyatda futbolchi jamoaning rasmiy yuzasi bo‘lib qolishi mumkin emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!