
Ten Xag sig‘dirmagan yulduz sobiq klubiga qaytmoqchi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Jeydon Sancho "Borussiya"ga qaytish istagini bildirdi. Jurnalist Daniiel Longoning ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik futbolchi o‘z faoliyatini yana Germaniya chempionatida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.
"Borussiya" "Manchester Yunayted"ning transfer talablarini qondirishi qiyin kechadi. 2021 yilda mankunianliklar Sancho uchun 80 million eero to‘lagan edi.
Sancho bosh murabbiy Erik ten Xag bilan mojaro tufayli qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etish ehtimoli yuqori. Ayni damda unga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar