
Ten Xag Lisandro bilan bo‘lgan voqeani esladi
"Manchester Yunayted" jamosai bosh murabbiyi Erik ten Xag himoyachi Lisandro Martinesning "Ayaks"dan MYuga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
Lisandro menga telefon qilib: "Men "Ayaks"ni tark etaman. "Arsenal" bilan shartnoma imzolashim mumkin, ammo siz meni jamoangizda ko‘rishni istasangiz, MYuga o‘taman", - dedi.
Qayd etish lozim, Lisandro "qizil iblislar"ga 55 million evroga tushgan. U mankunialiklar libosida ishonchli o‘yinlar ko‘rsatmoqda va bir marotaba klub talqiniga ko‘ra, oy futbolchisi bo‘lishga ham ulgirdi.
Fikrlar