"Tata Steel Chess 2023": Nodirbek va Javohir 12-tur o‘yinini o‘tkazdi
Niderlandiyaning Veyk-an-Ze shahrida shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess 2023" musobasining 12-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Masters guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov ushbu turda AQSh vakili Uesli Soga qarshi dona surib, durang qayd etdi. Nodirbek 8 ochko bilan hamon etakchilik qilmoqda.
Chelenjerlar tasnifida esa Javohir Sindarov eronlik Amin Tabatael bilan to‘qnash kelib murosa yo‘lini tanladi. Javohir 7,5 ochko bilan o‘z guruhida 3-o‘rinda bormoqda.
29 yanvar kuni turnirning so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi va g‘olib nomiga oydinlik kiritiladi.


Fikrlar