Tartib-intizom qo‘mitasi: Babayanga nisbatan chora qo‘llanildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Superliganing 18-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Navbahor” futbol klubining bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan mahalliy muxlis hamda OAV vakili ishtirokida vujudga kelgan vaziyat o‘rganib chiqildi.
2022 yilning 10 sentyabr kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasiga Superliganing 18-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor” uchrashuvi komissaridan kelib tushgan bildirgiga asosan, “Navbahor” futbol klubining bosh murabbiyi Samvel Babayan uchrashuv yakunlangandan so‘ng matbuot anjumani zaliga kirish chog‘ida mahalliy muxlis bilan tortishgani, mazkur holatni o‘zining telefoni orqali video tasvirga tushirib turgan ca sayti fotomuxbirini ko‘rib qolgani, Samvel Babayan o‘z yordamchilariga ushbu telefonga yozilgan video materialni o‘chirishini buyurgani, yordamchilari esa jurnalistga tazyiq o‘tkazib telefondagi yozuvlarni o‘chirtirishga majbur qilgani aniqlandi.
Mazkur vaziyat Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishida “Navbahor lochinlari” futbol klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan, ca sayti fotomuxbiri, ushbu sayt jurnalisti ishtirokida ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda taraflarning ko‘rsatmalari, taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Samvel Babayan etika qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etgan, deb topildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Samvel Babayanga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, qo‘mita barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, og‘ir-vazmin va professional bo‘lishga chaqiradi.



Fikrlar
Рузикул Бердиев судьяни урдилар майдон ичида, Самвел Бабаянда майдондан ташкарида бир мухлис билан огзаки тортишув булган.
Энди Сизга савол: канака килиб бу икки хар хил вазиятга бир хил чора куриш мумкин - яъни четлатиш?!
Агар Бабаян хам кимгадир майдон ичида ТВ камералари кузатуви остида кул кутарган булсаю чора курилмаса бу бошка гап - шунда солиштирсангиз буларди.