
Tarixda ilk bor Pro ligaga qur’a tashlash marosimi jonli efirda namoyish etiladi
Mamlakatimizda yangi futbol mavsumi rasman 6 mart sanasida bo‘lib o‘tadigan Superkubok uchrashuvi bilan boshlanadi. 9 mart kuni esa Coca-Cola Superliganing ilk turiga start beriladi.
O‘zPFL Pro liga bellashuvlari translyatsiyasi huquqiga egalik qiluvchi UzReport bilan kelishgan holda yangi mavsumga qur’a tashlash marosimini 12 mart kuni o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Bungacha Coca-Cola Superligasiga qur’a tashlash marosimlari jonli efirga uzatib kelingan bo‘lsa, endilikda tarixda ilk bor Pro liga vakillari ham jonli efirda namoyish etiladigan qur’a marosimiga tashrif buyuradi.
Pro liga mavsumi 22 martdan e’tiboran start oladi. Dastlabki tur uchrashuvlari 22-23-24 mart sanalarida bo‘lib o‘tadi. FIFA kunlari davom etayotgan 27-28-29 mart kunlarida Pro liga 2-turi o‘tkaziladi.
Taqvimning qolgan qismi hamda qur’a tashlash marosimining qaerda tashkil etilishi tez orada e’lon qilinadi.
Fikrlar