
Taniqli portal 2024 yildagi eng yaxshi MMA jangchisi kimligini ma’lum qildi
"MMA Fighting" portali aralash yakkakurashlar bo‘yicha yilning eng yaxshi jangchisini ma’lum qildi. G‘olib – yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya bo‘ldi.
27 yoshli jangchi 2020 yildan buyon UFC da ishtirok etib kelmoqda. Fevral oyidagi "UFC 298" musobaqasida Topuriya avstraliyalik Aleks Volkanovskini ikkinchi raundda nokautga uchratib, chempionga aylangandi. Abu-Dabidagi "UFC 308" turnirida u amerikalik Maks Xolloueyni uchinchi raundda nokautga uchratib, o‘zining birinchi chempionlik himoyasini amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Iliya Topuriyaning mag‘lubiyatsiz seriyasi 16 taga etdi.
Fikrlar