
Taniqli jurnalist Messi borasida “xunuk xabar” tarqatdi
PSJ bilan hamkorlikni to‘xtatgan Lionel Messining kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashi keng muhokama qilinmoqda.
Argentinalik yulduz Parijdan ketishini tasdiqlagan, biroq qaysi jamoa taklifini qabul qilishi haligacha mavhum bo‘lib turibdi.
Taniqli jurnalist Xerard Romero Messining kelajagiga oid “xunuk xabar” borligini ma’lum qildi.
- Menga qo‘ng‘iroq qilib, “xunuk xabar” aytishdi. Messining “Barselona” bilan muzokaralarida jiddiy ziddiyat kelib chiqqan. Bu transfer amalga oshishi uchun kutilmagan burilish yoki biror mo‘’jiza ro‘y berishi kerak.
Lionel Messining “Barselona”ga qaytishini kutmang, deb yuz foiz aniq ayta olmayman. Lekin bu transferning amalga oshish ehtimoli juda kam, - dedi Xerard Romero.
Fikrlar