Taekvondochilarimiz Turkiyadan qaytib kelishdi

CHERY AUTO

10-14 kunlari Turkiyada taekvondo bo‘yicha G1 toifasiga kiruvchi an’anaviy "Turkish Open" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Ushbu nufuzli turnirda ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari biroz avval poytaxtimizga qaytib kelishdi. 10 nafar sportchi bilan qatnashgan vakillarimiz 2 ta oltin, 1tadan kumush va bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Yigitlarimizdan Dmitriy Shokin, qizlarimizdan Nigora Tursunqulova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsalar, finalsha yo‘l olib, jarohati sabab hal qiluvchi bahsda ishtirok eta olmagan Nikita Rafalovich kumush medalga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, Dinoraxon Mamdibragimova terma jamoamizga bronza medalini taqdim qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!