
Taekvondochilarimiz Rossiyada javlon urmoqda
Rossiya poytaxti Moskva shahrida taekvondo WT bo‘yicha "G1" turkumiga kiruvchi mamlakat ochiq chempionatini vakillarimiz muvaffaqiyatli boshladi.
Musobaqaningda ishtirok etayotgan terma jamoamiz a’zolaridan Jasur Jaysunov (-68 kg), Feruza Sodiqova (-62 kg), Nigora Tursunqulova (-67 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) barcha raqiblarini engib shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Shuningdek, ushbu taekvondochilarimiz oltin medaldan tashqari kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun litsenzion ochkolariga ega bo‘ldi. To‘rt sportchimizning har biriga 10 reyting ochkolari berildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun bo‘lib o‘tadigan bahslarda 8 nafar sportchimiz mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Fikrlar