Taekvondochilarimiz JChda qaysi kunlari ishtirok etishadi?

CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, 15-19 may kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada terma jamoamiz 12 nafar taekvondochi bilan ishtirok etadi. E’tiboringizga sportchilarimiz musobaqaning qaysi kunida ishtirok etishi haqidagi ma’lumotni havola qilamiz:

Tecno

15 may: Suhrob Bobobekov (-58 kg)
16 may: Valentin Xegay (-54 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg)
17 may: Madinabonu Mannopova (-49 kg), Zariya Qosimova (-57 kg) va Nikita Rafalovich (-74 kg)
18 may: Charos Qayumova (-53 kg), Nigora Tursunqulova (-67 kg) va Shuhrat Salaev (-80 kg)
19 may: Feruza Sodiqova (-62 kg), Maksim Rafalovich (-87 kg) va Dmitriy Shokin (+87 kg)

Terma jamoamiz vakillari ayni paytda Manchester shahriga etib borishgan va musobaqaga so‘nggi tayyogarlik jarayonlarini olib borishmoqda. Bugun jahon chempionatining birinchi kunida ishtirok etuvchi sportchilar uchun tarozidan o‘tish va barcha vazn toifalarida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!