
Taekvondo WT. Dilmurod Ma’rufjonov jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi!
Koreya Republikasining Chuncheon shahrida o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, -45 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Dilmurod Ma’rufjonov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan final bahsida meksikalik Xuan Rodrigesni 2:0 (18:15, 14:6) hisobida mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Fikrlar