
Svetlana Osipovaning Yaponiyadagi raqibi aniqlandi
13-15 sentyabr kunlari Yaponiyaning Tiba shahrida taekvondo bo‘yicha (WT) bo‘yisa Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik uch nafar taekvondochi ishtirok etadi. Ertaga Gran-prining ilk kunida hamyurtimiz Svetlana Osipova janglarni boshlaydi.
Bugun dastlabki kungi bahslarga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, S.Osipova 1/16 finalda serbiyalik Ana Tepavatsga qarshi dayanga chiqadi. Ushbu jangda g‘olib chiqqan taekvondochi nimchorak finalda Maristella Smiralya (Italiya) - Briseida Akosta (Meksika) uchrashuvi g‘olibasi bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, Nigora Tursunqulova 14 sentyabr, Nikita Rafalovich 15 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etishadi.
Fikrlar