Svetlana Osipova Chiba Gran-prisida bronza medalini qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Bugun Yaponiyaning Chiba shahrida taekvondo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi start oldi. E’tiborlisi, musobaqaning birinchi kun bellashuvlari terma jamomiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Ayollar o‘rtasida +67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Svetlana Osipova musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz musobaqani cerbiyalik Ana Tepavetsga qarshi g‘alaba bilan boshlab, ikkinchi davrada meksikalik Briseida Akostani, chorak finalda London Olimpiadasi g‘olibi Milisa Mandichni mag‘lub etdi. Afsuski, yurtdoshimiz yarim finalda Rio Olimpiadasi chempioni xitoylik Zeng Shuyinga imkoniyatni boy berib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi, deya xabar qiladi Milliy Olimpiya qo‘mitasi. 

11

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!