
Suzuvchimiz JChda startga chiqmadi
Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Kvangju shahrida suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kun dasturida erkaklar o‘rtasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslari doirasida hamyurtimiz Xurshid Tursunov ham bahs olib borishi kerak edi.
Biroq vakilimiz noma’lum sababga ko‘ra yana startga chiqa olmadi. Yana deyishimizning boisi Tursunov bundan 2 kun muqaddam xuddi shu usulda 100 metr masofaga o‘tkazilgan bahsda ham startga chiqmagan edi.
Fikrlar