
"Surxon"ning ikki futbolchisi koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlandi
"Surxon" futbolchisi COVID-19 yuqtirib olganligi gumon qilinayotgani borasida xabar bergan edik. PFL esa ushbu gumonni tasdiqladi.
Unga ko‘ra, “Surxon” klubi futbolchilari Nuriddin Hasanov hamda Xusniddin G‘ofurov izolyatsiyaga olingan.
Ularda 13 iyul kuni holsizlanish alomatlari sezilgan. Natijada klub shifokori ularni jamoadan ajratib, darhol izolyatsiya qilgan. Ertasiga — 14 iyul kuni futbolchilar COVID-19 uchun test topshirgan. 17 iyul sanasida mazkur futbolchilarning virus yuqtirib olgani tasdiqlangan.
Fikrlar