Mbappe jahon futboliga yangi yulduzni kashf qilib berdi

  • 4 iyul, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning eng mashhur futbolchilaridan hisoblangan Kilian Mbappe jamoada madridliklarning kelajakdagi etakchisi ham borligini ta’kidladi.

Tecno

Frantsiyalik to‘purar jamoadoshni Gonsalo Garsiyaning futbolchi sifatida yuqori salohiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.

Mbappe yosh o‘yinchining maydonda har qanday ishni uddalay olishidan hayratda ekanini yashirmadi.

- Gonsalo ajoyib iqtidor egasi, juda kuchli futbolchi, ko‘p yuguradi va gollar ura oladi. Hammasini uddalayapti. Mana shu o‘yinchi klubning kelajagidir, - dedi Kilian Mbappe.

21 yoshli Gonsalo Garsiya yakunlangan mavsumda “Real”ning asosiy tarkibida etti marta maydonga tushib, uchta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!