
"Surxon"dan yirik hisobdagi g‘alaba, tarkibga esa "Nasaf" futbolchisi qo‘shildi
Toshkentda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Surxon” tarkibiga yana bir yangi o‘yinchi qo‘shildi. O‘tgan yili “Nasaf” sharafini himoya qilgan hujumchi Javohir Esonqulov “Surxon”dan tushgan taklifni qabul qilib, jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
“Surxon” klubi bugun O‘zbekiston U-20 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi va unda termizliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Surxon" jamoasining boshlang‘ich tarkibi: Azamat Ahmedov, Alisher Salimov, Jasur Yoqubov, Xusniddin G‘ofurov, Behruz Shaydulov, Asror G‘ofurov, Eldor Boymatov, Zohir Pirimov, Javohir Esonqulov, Islom Toshpo‘latov, Jasur Xolto‘raev.
Zaxirada: Akrom Xodjaev, Davron Merganov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Kamoliddin Ashurov, Nizomjon Norov, Nuriddin Hasanov, Muhammadali Nomozov, Nurmuhammad Nomozov, Murod Bobojonov, Jahongir Axmadov, O‘ral Choriev, Shaxzod Toirov, Timur Mamatmurodov.
Xolto‘raev, Boymatov hamda Bobojonov tomonidan kiritilgan gollar “Surxon”ga yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi.
Fikrlar