"Surxon" uch nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi

  • 6 mart, 2021, 17:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentdagi yig‘inini yakunlagan Termizning “Surxon” jamoasi bungacha bir qator futbolchilar bilan shartnomalar imzolagandi. Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, yana uch nafar o‘yinchi rasman “Surxon” a’zosiga aylandilar.

Tecno

O‘tgan mavsumni Navoiyning  “Qizilqum” jamoasida o‘tkazgan darvozabon Akrom Xodjaev “Surxon” klubi bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Ma’lumot o‘rnida Akrom 2017-18 yilgi mavsumda ham “Surxon” jamoasi sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, o‘tgan mavsumni Qarshining “Nasaf” jamoasida o‘tkazgan surxondaryolik yarim himoyachi Javohir Esonqulov “Surxon” bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.

O‘tgan mavsumni Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasida o‘tkazgan yana bir surxondaryolik yarim himoyachi Temur Mamatmurodov ham “Surxon” a’zosiga aylandi. U 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!