
"Surxon" futbolchisi Tojikiston terma jamoasiga chaqirildi
Termizning "Surxon" klubi futbolchisi Zoir Jo‘raboev Tojikiston terma jamoasining noyabr oyidagi yig‘iniga chaqirildi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Surxon” jamoasi himoyachisi 12–21 noyabr kunlari Tojikiston terma jamoasi yig‘iniga jalb qilingan.
Futbolchi yig‘in doirasida 17 noyabr kuni Rossiya terma jamoaga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin. Uchrashuv Dushanbeda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar