"Surxon" Eron, Serbiya, Daniya va Turkmaniston klublari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi

  • 6 yanvar, 15:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Termizning "Surxon" klubi 9 yanvar kuni Turkiya davlatiga mavsumoldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inni o‘tkazish uchun uchib ketadi. 

"Mazkur yig‘inda murabbiy shtabimiz o‘z oldiga 3ta maqsadni qo‘ygan:

1) Jamoani 2025-yilgi mavsumiga ham jismoniy, ham taktik taraflama tayyorlash;
2) Yig‘inda yosh futbolchilarga e’tibor berish va ularning salohiyatiga hissa qo‘shish;
3) 12ta o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazish;

Ayni damda, litsenziyalash va xalqaro bo‘limining mutaxassisi Elyor Uzakov nazorat uchrashuvlar bo‘yicha bir qator xorij jamoalari bilan muzokaralarni o‘tkazdi. "Surxon" 5ta uchrashuv bo‘yicha rasman kelishuvga erishdi. Bular: "Gol Gohar" (Eron), "Voevodina" va "Jeleznichar" (ikkalasi - Serbiya), "Vidovre" (Daniya) hamda "Ahal" (Turkmaniston)", - deya yozdi "uchar tulporlar" matbuoti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!